Ko’pchilardan eshitaman: 'U loyihani bu tilda qilib bo’lmaydi, bunisini faqat palonchi zamonaviy texnologiyada qilish kerak...' deb aqlli gapirishadi. Lekin keling, haqiqatga tik boqaylik.
Men bir narsaga aminman: Tadbirkorga dastur qaysi tilda yozilgani, "kapot" ostida qaysi kutubxonalar ishlayotgani umuman qiziq emas. Mijozga faqat 3 narsa kerak:
Tizim xatosiz va barqaror ishlasa;
Biznes jarayonlarini chindan yengillatsa;
Va eng asosiysi — unga foyda keltirsa bo'ldi.
Men loyihani xoh Pascalda yozib beray, xoh eng oxirgi chiqqan texnalogiyada - agar u biznes talabiga javob bersa, mijoz indamay, rozi bo'lib pulini to'lab ketaveradi. Men uchun dasturlash tili - bu shunchaki bir asbob. Usta yaxshi bo'lsa, hatto eski asbob bilan ham san'at asari yarata oladi.
Yaltiroq texnologiyalar orqasidan quvishni to'xtatib, real muammolarga real yechim berishni o’rganish kerak deb hisoblayman.