Startap boshlayapsizmi? Ilk qator kodni yozishdan oldin mana bu 4 qadamni bajaring:

Domenni xarid qiling: Uni Cloudflare yoki o‘zingiz yoqtirgan registratordan olib, nameserver’larini Cloudflare’ga ulang.

Oddiy landing page tayyorlang: Hatoki oddiy HTML sahifa bo‘lsa ham yetarli. Unda loyihangiz nima qilishi va tez orada ishga tushishi (Coming Soon) haqida ma'lumot bo‘lsin.

Email routing sozlang: Domen pochtasiga keladigan barcha xatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shaxsiy Gmail pochtangizga yo‘naltiring.

Qidiruv tizimlariga qo‘shing: Google Search Console va Bing Webmaster Tools’ni ulab, sahifangizni indeksatsiyaga yuboring.

Qidiruv tizimlari saytni to‘liq indeks qilishi uchun bir necha hafta vaqt talab etiladi.

Odamlar yechim topish uchun Googledan, AI tizimlari esa ma'lumot olish uchun ko‘pincha Bingdan foydalanadi. Startapingiz tayyor bo‘lguncha, qidiruv tizimlari sizni allaqachon tanib ulgurishi kerak.

Foydali bo‘lsa, boshqalar bilan ham ulashing!