Pree-seed va Seed bosqichidagi startaplar nima
🌱 Pre-seed bosqichi — “G‘oya hali urug‘”
Bu startupning eng boshlang‘ich fazasi. Bu paytda odatda faqat g‘oya bor, bozor muammosi aniqlangan, kichik MVP (Minimum Viable Product) bo‘lishi mumkin va jamoa hali kichik, ko‘pincha 1–3 kishi. Investorlar bu bosqichda g‘oyaga va founderga sarmoya qiladi.
Ya'ni ular shunday o‘ylaydi: Bu odamlar aqlli, muammoni tushunyapti. Balki katta narsa qurishadi. Pre-seed investitsiya odatda 50k dan 500k dollargacha bo‘ladi.
🌿 Seed bosqichi — “Nihol chiqdi”
Seed bosqichida startup faqat g‘oya emas. Endi MVP tayyor, birinchi foydalanuvchilar bor, mahsulot ishlayapti va bozor reaksiyasi tekshirilgan. Investorlar endi savol beradi: odamlarga bu haqiqatan kerakmi, foydalanuvchilar qaytib keladimi, pul qilish modeli bormi.
Oddiy qilib aytganda pre-seed — Biz buni qurmoqchimiz, seed — Biz qurib ko‘rdik, ishlayapti. Ko‘p gigant startaplar ham shu yo‘ldan o‘tgan: Airbnb, Uber, Stripe. Ularning ham boshida oddiy MVP va bir nechta user bo‘lgan xolos.
Fikr uchun kichik experiment. Investorlar odatda shu uch narsani ko‘radi: problem — haqiqiy muammo bormi, solution — mahsulot ishlayaptimi, team — shu jamoa buni eplashi mumkinmi. Ko‘p founderlar product qurishga berilib ketadi, lekin investorlar ko‘pincha teamga ko‘proq pul tikadi.
Chunki product o‘zgaradi, lekin aqlli founder yo‘l topadi. Startup ekotizimi shunaqa g‘alati: ba’zan 2 kishilik jamoa va yarim tayyor mahsulotga millionlab dollar beriladi. Buni tushunish uchun inson psixologiyasi, risk va bozor dinamikasini ko‘rish kerak.