Product-market fit (PMF) - mahsulot bozoriga moslashish.
Bu mahsulot ma'lum bir bozorda kuchli talabni to'liq/katta-qismini qondirganda,
ya'ni mijozlar uni ishtiyoq bilan sotib olishadi, ishlatishadi va tavsiya qilishadi.
Bu esa barqaror o'sish va ser daromadlilikka olib keladi, asosan sizning yechimingiz
yetarlicha katta guruh uchun haqiqiy va qondirilmagan ehtiyojni qondiradigan eng yaxshi yechimga aylanadi.

Qisqacha va tozalab aytganda, PMF - bu mahsulot bozorning real og'rig'iga aniq urilib, odamlar uni o‘z xohishi bilan sotib oladigan, ishlatadigan va boshqalarga tavsiya qiladigan nuqtaga yetganda yuz beradi.

Product yetarlicha auditoriya uchun haqiqiy muammoni hal qiladi.
Yechimingiz shu muammo uchun eng yaxshi variant sifatida qabul qilinadi.
O‘sish marketing ortiqcha bosimi bilan emas, balki tabiy qabul qilish orqali keladi.