O‘zbek auditoriyasida ta’limga qiziqish YouTube darajasida juda past — bu fakt. Odamlar ko‘proq musiqiy kliplar, vine’lar, trend short videolar, komedik kontentlar, challenge’larni ko‘rishadi. Va bular bir necha kunda millionlab ko‘riladi.

Bu yomonmi? Menimcha yo‘q.

Gap shundaki, ta’lim — bu miyaga og‘ir yuk. Tartibli, e’tibor talab qiladigan jarayon. Ko‘pchilik esa kun davomida allaqachon charchagan bo‘ladi: ish, o‘qish, hayotiy muammolar. Bunday holatda inson miyasi yengil kontent qidiradi — kulish, chalg‘ish, dam olish uchun. Bu normal.

Lekin masalaning ikkinchi tomoni ham bor.

Bozorda ta’limni qiziqarli, tushunarli va zamonaviy formatda yetkazib bera oladiganlar bormi? Mana shu savol og‘riqli.

O‘zbek dasturchilari orasida juda kuchli mentorlar bor. Bilimi zo‘r. Tajribasi bor. Lekin ko‘pchiligi hali ham video orqali o‘rgatishni tushunmagan. Pedagogika yo‘q, storytelling yo‘q. Hali ham eski formatda: 8–14 daqiqalik “Python kirish, Pythondan chiqish)” qilib playlist yig‘ishadi.

Lekin hozir bu ishlamaydi. Playlistlar davri o‘tgan. YouTube bunday kontentni tavsiya qilmaydi. Natijada zo‘r mutaxassis ham 100 ta view bilan qolib ketadi.

Men shaxsan bilaman — juda kuchli Java dasturchi, lekin YouTube’da videolari 100(ko'zcha)

Savol: bu auditoriyani aybimi yoki ILM egasinimi?

Menimcha javob oddiy — bu yetkazib berish muammosi.

Odamlar ta’limni yomon ko‘rmaydi. Odamlar zerikarli va og‘ir formatdagi ta’limni ko‘rmaydi.

YouTube yaxshi platforma, lekin kirish bariyeri juda baland. U yerda chiqish uchun vaqt, sabr va tizim kerak.

Qisqasi: kim ta’limni sodda, qisqa va qiziqarli qilib bera olsa — auditoriya ham bor, natija ham bo‘ladi.

Java forever:)