Hi! I'm o‘sha-o‘sha Bekzod 😄
2001-yil 12-fevralda tug‘ilganman — qisqasi, millenial ham emasman, to‘liq Z ham emasman,
o‘rtada qolgan “update kerak” versiyaman.
Hayotda kasbni ancha marta almashtirganman — resumeni ochsangiz, xuddi test projectlar
ro‘yxatiga o‘xshaydi. Qisqasi, “nima bo‘lsam ekan?” degan savolni ko‘p marotaba deploy
qilganman, lekin oxiri bitta stable release chiqdi: dasturchiman 💻
Hozir backend tomonlarda yuraman. Kod yozaman, buglar bilan gaplashaman, ba’zida ular yutadi,
ba’zida men. Spring Boot, microservice, architecture
—
bularni shunchaki ishlatmayman, ichida yashayman desam ham bo‘ladi. Ba’zida o‘zim yozgan kodni
o‘zim tushunmay qolaman — lekin bu ham professionallik belgisi deyishadi 😂
Frontendga ham kirib chiqaman — “hamma narsadan oz-oz” tipidagi odam. Ya’ni backendchi bo‘lsam ham,
UI buzilib qolsa, “bu kim qilgan?” deb qarab turmayman, o‘zim ham buzaman 😄
AI tool’lar bilan ishlayman — qisqasi, dangasa emasman, lekin ishni aqlli qilish tarafdoriman.
Nega 2 soat o‘tirib yozaman, agar 20 minutda chiqarish imkoni bo‘lsa?
Hozirgi reja oddiy: shu IT sohasida qolish, o‘sish, kuchayish. Balki startup qilarman,
balki katta sistemalar qurarman — lekin aniq narsa: endi kasbni yana almashtirish niyati yo‘q,
bu safar “commit” qilingan 😎
Qisqasi, oddiy bola: choy ichadi, kod yozadi, ba’zida hayotni debug qiladi.